๐๐๐ซโ๐ ๐๐๐ฅ๐๐ฆ๐ ๐ฅ ๐ฉ๐๐ซ๐๐๐ฅ๐
t.me/jizpi_onlineOโzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi, 775-sonli "Oโzbekiston Respublikasi Oliy harbiy taโlim muassasalarida oโqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oโqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toโgโrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarorida yuklatilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining 2022-yil 28-martdagi 624-sonli xatiga asosan Jizzax politexnika instituti Energetika va radioelektronika fakultetida Harbiy aloqa instituti tarkibidan tayinlangan ishchi guruh vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Energetika va radioelektronika fakulteti dekani Yarlakabov Umirzoq Mamatqulovich, Harbiy aloqa instituti tarkibidan tayinlangan ishchi guruh vakillari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda davomida, uchinchi bosqichda tahsil olib, o'z xohish-istagiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida o'qishni davom ettirish maqsadida bo'lgan talabalarga elektron ro'yxatdan o'tish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, tadbirda birinchi va ikkinchi bosqich talabalari uchun ham targ'ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Ushbu targโibot-tashviqot ishlarini Harbiy aloqa instituti tarkibidan ajratilgan ishchi guruh vakili Turopov Sherzod Nurmatovich olib bordi.