Jizzax politexnika institutida Sumalak sayli hamda Navro‘z bayrami bo'lib o'tdi

Jizzax politexnika institutida Sumalak sayli hamda Navro‘z bayrami bo'lib o'tdi

t.me/jizpi_online
Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga esh bo‘lgan tadbir.

Har yil Navroʻz bayrami arafasida Jizzax politexnika institutida bayram tadbirlari tashkil etilib, o'zgacha shukuh bilan nishonlanadi. Bu yilgi Navroʻz ham institutimizda ko'tarinki kayfiyatda, o'zgacha tarzda tashkil etildi.


Milliy bayramimiz Navro’zi olam go’zal diyorimizga tashrif buyurmoqda. Yurtimiz bo'ylab Navro'z taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanmoqda. Ayni kunlarda institutimizda Navro'z shukuhi va kayfiyati kezib yuribdi.


Bugun erta tongdan talabalar turar joyida sumalak tayyorgarligi boshlangani haqida ma'lum qilgan edik.

«Sumalak sayli» tadbiri kun bo'yi davom etib, bayramga ulashib ketdi.


Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida Navro‘z bayrami bo'lib o'tdi.

Tadbirda institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov, soha prorektorlari, barcha fakultetlar dekanlari, dekan oʼrinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. 

Tadbir avvalida institut rektori ishtirokchilarni Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy tabriklab, o'zining eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Shundan so'ng, Qur’on tilovat qilinib, Alloh taolodan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik va saodat tilab duo o‘qildi.

Tadbirda institut ma’muriyati tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun yozilgan dasturxonga osh tortildi.

Soʻngra navbat badiiy qismga berildi. 

Badiiy qismda ijodkor talabalar tomonidan kuy-qo'shiq va raqslar ijro etildi. Kuylangan kuy-qoʼshiqlar tadbirga koʼtarinki ruh bagʼishladi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalar o'rtasida “ZAKOVAT” intellektual o'yini o'tkazildi.

“ZAKOVAT” intellektual o'yini yakunlanganidan so'ng, talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan konsert dasturiga navbat berildi.

Report Page