***

***

t.me/jizpi_Online

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va "Besh muhim tashabbus" doirasida,

Kimyoviy texnologiya fakulteti Talabalar turar joyida fakultet dekan o'rinbosarlari va tyutorlar boshchiligida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida, fakultet talabalari o'rtasida "Zakovat" intelektual o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinda to'rtta jamoa jumladan: "Kimyogarlar", "Olmos","Bilimdonlar" va "Zukkolar" jamoalari o'zaro bellashdilar.

Bellashuvda Olmos jamoasi faxrli birinchi o'rinni, zukkolar ikkinchi va kimyogarlar jamoasi uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

O'yin yakunida talabalar ijrosida badiiy qism ham boʼlib, she'rxonlik va raqslar ijro etildi, so'ngra g'olib bo'lgan jamoaga estalik sovg'alari topshirildi.

Tashkil etilgan bellashuvdan talabalarning kayfiyati yana ham ko'tarildi.


Report Page