***

***

 t.me/jizpi_Online

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi ʼʼMahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidaʼʼ PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va "Besh muhim tashabbus" doirasida,

Arxetektura va Qurilish hamda Qurilish matiriallari muhandisligi fakultetlari hamkorlikda Mirzachoʻl tumanidagi "Yangidala" mahallasida boʼlishdi.

Tashrifdan koʼzlangan maqsad "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92 sonli qarorining ijrosini ta'minlash hamda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan beshta muhim tashabbus doirasida tadbir o’tkazish edi.

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini S.Azimova, fakultet tyutori B.Meyliyev, yoshlar yetakchilari hamda iqtidorli talaba-yoshlar bilan birgalikda 8-sonli va 15-sonli umumtaʼlim maktablarining faollar zali va sport zallarida oʼzlarining koʼrgazmali chiqishlarini va sport musobaqalaridan "Quvnoq startlar" ni tashkil etishdi.

Tashrif soʼngida maktab oʻquvchilari bu kabi koʼngilochar tadbirlar yanada koʼproq boʻlishini istashlarini aytib oʼtishdi.

Report Page