***

***

t.me/jizpi_Online

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi ʼʼMahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidaʼʼ PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va "Besh muhim tashabbus" doirasida,

Jizzax politexnika instituti Energetika va radioelektronika hamda Transport fakultetlari tomonidan Jizzax viloyati Mirzacho’l tumanidagi “Toshkent” mahallasining uyushmagan yoshlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o’yini va sportning shaxmat va shashka turlari bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Bunda fakultetlarning professor oʻqituvchilari, dekan oʼrinbosarlari, talaba-yoshlari, Toshkent mahallasining yoshlar yetakchisi va uyishmagan yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqani fakultet dekan muovinlari ochib berib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladilar.

Shunda so’ng, o’yin nizomi va qonun qoidalari tushuntirib o’tildi va musobaqaga start berildi.

Qiziqarli bahs va munozaralarga boy boʻlgan oʼyin, barcha ishtirokchilarga manzur boʻldi.

Report Page