Servis fakulteti tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Ravalliq MFYda istiqomad qilayotgan uyushmagan yoshlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar

Servis fakulteti tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Ravalliq MFYda istiqomad qilayotgan uyushmagan yoshlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar

t.me/jizpi_online

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-92-son qarori ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Jizzax politexnika institutining Servis fakulteti va Jizzax shahar Ravalliq MFY yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi. 

Jizzax politexnika institutining bosh binosi konferensiya zalida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida Ravalliq MFYda istiqomad qilayotgan uyushmagan yoshlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sanobar Eshbekova so‘zga chiqib, ushbu qarorning mazmun mohiyati haqida batafsil tadbir qatnashuvchilariga ma’lumot berib o‘tdi. 

Bu kabi tadbir va uchrashuvlarni, eng muhimi mahallalar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha institut psixoligi Orifjon Rajabov nutq so‘zladi. 

Shuningdek, ushbu qaror ijrosi bo‘yicha institutda ham ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirlar orqali yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Tadbir yakunida qarorda belgilangan vazifalarni hamkorlikda o‘z vaqtida reja asosida bajarib borishga kelishib olindi.

Ochiq suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, savollariga batafsil javob olishdilar.

 Shundan so‘ng, mahalla uyushmagan yoshlari va Servis fakulteti talabalari o‘rtasida sport musoboqalari bo‘lib o‘tdi.  


Report Page