***

***

t.me/jizpi_Online

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va "Besh muhim tashabbus" doirasida, "yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish" yuzasidan 

Arxitektura va qurilish fakultetiga biriktirilgan “Zargarlik” va “Sayiljoyi” mahallalarida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish doirasida ko‘plab salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, fakultet kesimidagi kafedralar Bino va inshootlar qurilishi, O‘zbek tili va adabiyoti kafedralari professor-o‘qituvchilari, fakultet faollari hamda iqtidorli talabalar tomonidan, mahallarda istiqomat qiluvchi yoshlar xonadoniga tashriflar tashkil etilib, ular bilan suhbatlar, uchrashuvlar, joylarda madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar badiiy kechalar, sport musoboqalari kabi bir qator tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Huddi shunday biriktirilgan mahallalar bilan ishlash bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar doirasida, mahalla faollari, fakultetning professor-oʼqituvchilari, tyutorlar va faol talaba-yoshlar tashabbusi bilan Jizzax shaharining Zargarlik mahallasida “Uchinchi renessansni birga quramiz!” shiori ostida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tafakkur o‘yinida mahalla yoshlaridan tarkib topgan 2 ta jamoa, fakultet talabalaridan tuzilgan 1 ta jamoa, jami 3 ta jamoalar

Birinchi jamoa "Yosh kuch",

ikkinchi jamoa "Arxitektorlar",

uchinchi jamoa "Yuksalish" deya nom oldi.

O‘yin so‘ngida g‘olib jamoalar aniqlanib, diplom va har bir kishi o‘qib chiqishi kerak bo‘lgan 100 kitobdan eng sarasi sovrin sifatida topshirildi.


 

Report Page