***

***

t.me/jizpi_online

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-92-son qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, Jizzax politexnika institutida ochiq yarmarka tashkil etildi.

Bugungi kunga qadar talabalar turar joyida talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida koʼplab tadbirlar tashkil etilgan boʻlib, ular orqali talaba-yoshlar oʻz isteʼdodlarini namoyon etmoqdalar.

Ushbu ochiq yarmarkada talabalar bo’sh vaqtlarida o’z qo’l mehnatlari bilan yasagan buyumlari, chizgan rasmlari va shunga o’xshash barcha narsalari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarka ishtirokchilari o’zlarining bahoriy taomlarini tayyorlab kelib, barcha talaba-yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdilar


Yarmarka institutning Servis fakulteti tomonidan tashkil etildi.

Report Page