***

***

t.me/jizpi_Online

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida

Arxitektura va qurilish fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchilari D.Abduvaxobova M.Ziyayeva va A.Xazratkulovalar talabalar turar joyida boʼlishdi.

Tashrifdan koʼzlangan maqsad hozirgi kunda yurtimizning Oliy taʼlim muassasalaridagi talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgan chora tadbirlar toʻgʻrisida boʼlib, ularning kitob oʻqishga boʼlgan qiziqishlari va oʼzbek adabiyoti tarixini nechogʻlik bilishlari yaqindan oʼrganildi. Shu boisdan professor-oʻqituvchilarimiz talaba-qizlarimiz bilan "Adabiyotimiz namoyondalari" mavzusida suhbat o‘tkazdilar.

Suhbatda, TTJ kutubxonasida mavjud kitoblar toʻgʻrisida ham, qizlar sevib mutolaa qiladigan kitoblar toʻgʻrisida ham bilib olindi va ular oʼzlari yoqtirgan oʼzbek adabiyotining yetuk namoyondalari; A.Qodiriy, Said Ahmad asarlaridan, Muhammad Yusuf sheʼrlaridan namunalar oʼqib, qo‘shiqlar xirgoyi qilishdi. Suhbat juda maroqli o‘tdi.

Report Page