"Akademik litsey iftixori" nomli stipendiya sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandilar

"Akademik litsey iftixori" nomli stipendiya sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandilar

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti akademik litseyida iqtidorli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-sonli qaroriga asosan joriy etilgan "Akademik litsey iftixori" nomli stipendiya sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandilar.

Tadbirda Jizzax politexnika institutining Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, Gʻ. Egamnazarov, akademik litsey direktori M. Gʻoziyeva, oʻqituvchilar, iqtidorli oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. 

Tadbirni akademik litsey direktori M. Gʻoziyeva olib bordi va uni tashkil etilishida boshchilik qildi.

Sovrindorlar tanlov asosida aniqlanib, "Akademik litsey iftixori" stipendiyasiga jami 10 nafar oʻquvchi sazovor boʻldi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu stipendiya semestr yakuniy baholariga muvofiq, jamoat ishlarida faol boʻlgan va eng munosib deb topilgan nomzodlarga taqdim etildi.

Report Page