***

***

t.me/jizpi_Online

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi ʼʼMahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidaʼʼ PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida

Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan talabalar turar joyida talaba qizlarning darsdan boʻsh vaqtlarini qanday tartibda oʼtkazishlari oʼrganildi. Ularga bugungi kunda, O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasiga juda katta eʼtibor qaratilayotganligi, ularning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari Konstitutsiyamiz qonunlarida mustahkamlab qo‘yilganligi ham eslatib oʻtildi.

Vaholonki, qiz bola bilimli, iqtidorli, hunarli boʼlsa, buni kelgusida farzandlariga ham “yuqtiradi” va har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga masʼuliyat bilan yondashadi. Yurtning kelajagi esa mana shunday dunyoqarashga ega onalar tomonidan yaratiladi.

Demak, xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida, birinchi navbatda, ota-onalarning munosabati katta rol o‘ynasa, ikkinchisi bu oliy taʼlimda ularni qamrab olish imkoniyatining muhim o‘rin tutganligidir.

Aynan talabalar turar joyida “Birovning bergani-ko‘rgulik, mehnatning bergani-to‘ygulik” mavzusida qoʼl mehnatlari yarmarkasi tashkil etildi va unda Servis fakulteti 541-21 guruhi Jo‘raqulova Maloxat "Eng faol va iqtidorli talaba" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.



Report Page