Jizzax politexnika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda "Moliyaviy savodxonlik" mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Jizzax politexnika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda "Moliyaviy savodxonlik" mavzusida tadbir oʻtkazildi.

 t.me/jizpi_online

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘z vakolatlari doirasida aholining isteʼmolchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarib kelmoqda. Agentlik tomonidan 15-mart Butunjahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bagʼishlangan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan institutimizda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xodimi U.Mansurova, Jizzax viloyati Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tuzilmasi boshligʼi I.Oltmishov va Markaziy bank boshqarmasi xodimi A.Konishovlar yoshlarning moliyaviy-huquqiy ongini takomillashtirish, xususan keyingi yillarda moliyaviy xizmatlar sohasida ommalashib borayotgan isteʼmolchi huquqlari buzilishi holatlari, moliyaviy firibgarlikdan o‘zini himoya qilish kabi mavzularda maʼruzalar bilan ishtirok etishdi.

Dastlab, institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S.Eshbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi va talabalarga moliyaviy savodxonlik, isteʼmolchining huquqlari haqida qisqacha tushuntirish berdilar. Talabalar isteʼmolchi sifatida huquqi buzilgan taqdirda, sudga murojaat qilishga haqlidir. Daʼvolar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, isteʼmolchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi. Shundan soʻng, U.Mansurova so‘zga chiqib, isteʼmolchilar oʻz huquqlarining buzilishi bilan bogʻliq daʼvolari boʻyicha, shuningdek, tovar, ish, xizmatlar xavfsiz boʻlishi, ularning sifati ustidan shikoyatni nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, isteʼmolchilarning jamoat birlashmalariga taqdim etishlari mumkinligini taʼkidladi. Isteʼmolchilar, ularning muayyan doirasining manfaatlarini koʻzlab qo‘zg'atiladigan davolar boʻyicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar. Oʼzbekiston Respublikasining iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida ”gi qonunida Iste’molchilarning huquqlari to‘liq kafolatlab berilgan. Ma'ruzachi o‘z so‘zida,"talaba-yoshlarga iste'molchi sifatida har qanday holatda ish, xizmat sifati, tovar xususida aniqlangan kamchilik, buzilish holatini bartaraf etishni tegishli tartibda murojaat orqali bartaraf etilishiga erishish huquqiga egadir"dedi

Tadbir davomida, I.Oltmishov so'zga chiqib, tovar, ish, xizmatning jiddiy nuqsoni, tovar ish, xizmatdan belgilangan maqsadda foydalanib bo'lmaydigan qilib qoyadigan yohud bartaraf etish uchun ko'p mehnat va vaqt sarflash talab qiladigan kamchilik; kafolat muddati tovardan, xizmatdan foydalanishning normativ muddati yoki tovar xizmatining muayyan vazifani necha soatda, nechta ish jarayonida bajarilishi va boshqalar haqida batafsil tushuncha berdi. Markaziy bank boshqarmasi xodimi A.Konishov so‘zga chiqib, Hamkorbank aksiyadorlik tijorat banki aholining bozordagi holatini to'g'ri baholab va qaror qabul qilish imkoniyatini beradigan moliya va bank yo'nalishi boʻyicha bilim va ko'nikmalarini oshirish bo‘yicha faol ish olib borayotganligini, hozirgi kunga kelib moliya xizmatlari qiyin ko'rinish va tavsifga ega bolgan bir paytda, iste'molchilar yechishi zarur bo'lgan masalalar paydo bo'la boshlasa, murojaat etish bo'yicha olib borilayotgan ishlari to'g'risida gapirib, tushuncha berdi. Tadbir juda ham kerakli ma'lumotlarga boy va yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.


Report Page