#Jizzax_viloyati_umumxalq_marafoni

#Jizzax_viloyati_umumxalq_marafoni


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Xavfsiz hayot uchun” marafonini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishiga asosan bugun 5-mart kuni respublikamizning barcha hududlarida, jumladan Jizzax shahrida ham “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velosport hamda tez yurish marafonlari oʻtkazildi.

Ishtirokchilar Sharof Rashidov tumani Sovungarlik mahallasi Shavkat Boboyev koʻchasi boshidan Istiqlol va Sharof Rashidov koʻchalari orqali 3 kilometrlik masofani Sharof Rashidov xiyoboni qarshisigacha bosib oʻtishdi.

Marafonda Jizzax politexnika instituti professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari ham faol ishtirok etdi.

Shuni alohida qayd etish joizki, institutning Transport fakulteti 102-21 TVM guruhi talabasi Kamolov Azizjon velosportchilar o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Yakunda gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar va diplom bilan taqdirlandi.



Report Page