Slovakiya Respublikasining Koshitse shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan TRIGGER loyihasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda
t.me/jizpi_onlineAyni kunlarda Slovakiya Respublikasining Koshitse shahrida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida "TRIGGER - Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish" xalqaro loyihasining 3-yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Mazkur yig‘ilishda Slovakiyaning Koshitse Texnika universiteti, Avstriyaning BFI Vena Amaliy fanlar universiteti, Fransiyaning Cot-dAzur universiteti, Gretsiyaning Pirey shahrida joylashgan IDEC S.A. kompaniyasi, Tojikistondan Kulob Davlat universiteti, Khorog davlat universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Dushanbe filiali, Dangara davlat universiteti, Qozog‘istondan L.N.Gumilyov nomidagi Evroosiyo milliy universiteti, H.Dosmuhamedov nomidagi Atirau universiteti, S.Toraygirov nomidagi Povlodor davlat universiteti, O‘zbekistondan Jizzax politexnika instituti, Termiz davlat universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti vakillari qatnashmoqdalar.
Uchrashuvda TRIGGER loyihasi a’zolari boʻlgan Jizzax politexnika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Temur Berdiyorov va Iqtisodiyot va menejment kafedrasi katta o'qituvchisi Yorqinjon Ortiqovlar ishtirok etmoqdalar.
Uchrashuvning ilk ikki kuni loyiha natijalari va kelgusi ishlarni rejalashtirishga bag‘ishlangan. Uchinchi kunda esa Koshitse Texnika universiteti fakultetlari bilan tanishuv va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.