***

***

t.me/jizpi_online


Keyingi yillarda mahalla institutiga milliy davlatchiligimizning asosiy quyi bo‘g‘ini sifatida qaralib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va rolini oshirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jizzax politexnika instituti Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti dekanining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovini R. Bobojonov, Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri J. Turmatov, O. Qo‘ychiyev va Y. Quvondiqovlar Jizzax shahar Toshloq MFY yoshlar yetakchisi Sh. Shaylazimov bilan hamkorlikda mahalladagi uyushmagan yoshlar orasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari - diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi birga kurashamiz” shiori ostida tadbir tashkil etdilar.

Ushbu tadbir mahallada joylashgan 6-umumta’lim maktabining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga maktab direktori, mahalla raisining maslahatchisi, hamda Jizzax shahar IIB terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi T. Oripov ham ishtirok etdi. Tadbirda asosan mahallaning 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlari va maktab yuqori sinf o‘quvchilari ham faol qatnashdi. Tadbirdagi barcha ishtirokchilar mavzuga oid o‘z fikr va mulohazalari bilan ma’ruza qilishdi. 

2022-yil - “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan institut, maktab va mahalla hamkorligida yoshlar, talabalar va mahallaning uyushmagan yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus” doirasida yanada ko‘proq tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi. Ushbu bitimlar yo‘l xaritaga yani hamkorlikdagi rejalashtirilgan ish grafigiga asoslanib bajarilishi, ta'kidlab o‘tildi va ma’qullandi. Fakultetdan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar tomonidan “Yashil makon” loyihasiga ham amal qilinib, maktab binosi atrofiga turli mevali ko‘chatlar ekildi.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari - diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi birga kurashamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri Toshloq mahallasi ahlining, undagi uyushmagan yoshlari va umumta’lim maktabi o‘quvchilarining qalbiga o‘zgacha shukuh baxsh etdi, deyish mumkin. Buni tadbir ishtirokchilarning ko‘tarinki kayfiyatidan bilish qiyin bo‘lmadi. Toshloq mahallasida yashovchi fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu navbatdagi tadbir ishtirokchilarining gavjumligi ushbu o‘tkazilgan tadbirga nisbatan, ulardagi qiziqishning ortayotganligidan ham dalolat beradi.

Report Page