Arxitektura va qurilish fakulteti talabalari ʼʼQatag‘on qurbonlari xotirasiʼʼ muzeyiga tashrif buyurishdi
t.me/jizpi_onlineTarixni o‘rganish, tahlil qilish orqali inson o‘zini ham yaxshi anglaydi va maʼnaviy jihatdan yetuk bo‘lib ulg‘ayadi. Аjdodlar tarixi, urf-odatini chuqur bilgan, o‘tmishdan xulosa chiqara olgan kishigina ertangi kuniga ishonch bilan qadam tashlaydi. Shu maqsadda joriy yilning 3-5-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining oliy taʼlim muassasalari talabalarining teatrlar, muzey, muzey-qo‘riqxonalar, kinoteatrlarga jamoaviy borishini tashkillashtirish bayoni yuzasidan institutimizning Arxitektura va qurilish fakulteti talabalari Jizzax davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi ʼʼQatag‘on qurbonlari xotirasiʼʼ muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif chog‘ida talabalarni o‘tgan asrda yurtimiz ziyolilarining qatag‘on qurboniga aylanishi, ularning oilalarini quloq qilinishi bo‘yicha,“Paxta ishi – o‘zbek ishi” deb yuzsizlarcha nomlangan, tergov chog‘ida ko‘plab vatandoshlarimizning uzoq o‘lkalardagi qamoqxonalarda halok bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muzeydan o‘rin olgan eksponatlar orqali institut tuzilmasidagi muzey direktori B.Ergasheva tanishtirdi.