00.

00.

t.me/jizpi_online

Arxitektura va qurilish fakulteti talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyga tashrif buyurishdi

Tarixni o‘rganish, tahlil qilish orqali inson o‘zini ham yaxshi anglaydi, maʼnaviy jihatdan yetuk bo‘lib ulg‘ayadi. Аjdodlar tarixi, urf-odatini chuqur bilgan, o‘tmishdan xulosa chiqara olgan kishigina ertangi kuniga ishonch bilan qadam tashlaydi. Shu maqsadda joriy yilning 3-4-5-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining oliy taʼlim muassasalari talabalarining teatrlar, muzey va muzey-qo‘riqxonalar hamda kinoteatrlarga jamoaviy borishini tashkillashtirish bayoni yuzasidan institutimizning “Arxitektura va qurilish” fakultet talabalari Jizzax davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida talabalarni o‘tgan asrda yurtimiz ziyolilarining qatog‘on qurboniga aylanishi, ularning oilalarini quloq qilinishi bo‘yicha, “Paxta ishi – o‘zbek ishi” deb yuzsizlarcha nomlangan tergov chog‘ida ko‘plab vatandoshlarimizning uzoq o‘lkalardagi qamoqxonlarida halok bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muzeydan o‘rin olgan eksponatlar orqali institut tuzilmasidagi muzey direktori B. Ergasheva tanishtirdi.

Report Page