***

***

t/me/jizpi_online

Jizzax politexnika institutida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami hamda Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan ''Mohitobon qizlar'' mavzusida bayram tadbiri oʼtkazildi.

Tadbirni Transport fakultetining bir guruh talabalari Oʼzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan ochib berdilar.

Tadbir avvalida Jizzax politexnika instituti rektori t.f.d., prof. Usmankulov Alisher Kadirkulovich yigʼilganlarga oʼz samimiy va ezgu niyatlarini yoʼlladilar.

Shundan so'ng, institutda faoliyat olib borayotgan, o’z sohasida yutuqlarga ega institut xodimalari, professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talaba-qizlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash tugagach, tadbir rejasiga asosan institutning talaba-qizlari o‘rtasida o’tkazilayotgan ''Mohitobon qizlar'' ko‘rik-tanloviga navbat berildi.

Tanlov talaba-qizlarning xohish istaklarini inobatga olgan holda, ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, ularning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash, tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish, yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va davlatning taraqqiyoti yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan fidoiy insonlar qilib tarbiyalashda vatanparvarlik hissini uyg‘otish hamda bu sohadagi tashabbuskor, faol jamoatchi talabalarni aniqlash, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni oilaga, hayotga tayyorlash maqsadida tashkil etildi. 


Talaba-qizlar 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar:  

1–shart:  Tanishtiruv sharti   bo'lib, unda har bitta ishtirokchi qiz, ular haqidagi ma’lumot bilan boshlovchilar tomonidan tanishtirildi. Tanlov nizomiga ko'ra, ishtirokchi talaba-qizlar milliy matolardan zamonaviy uslubda tikilgan liboslarda, talaba-qizlarga xos soch turmaklarida bo‘lishlari belgilangan bo'lib, hakamlar tomonidan ularning libosiga, soch turmaklariga baho berildi.

2–shart.  Milliy o‘zligini anglaydigan, milliy g‘urur va o‘z millatiga sadoqatli bo‘lishni eng yuksak burch deb biladigan, talaba-qizlarimizning oilada haqiqiy beka bo‘lishida pazandalikning roli nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi barchamizga ma’lum. Shu sababli bu shartda talabalar o'zlarining pazandalik mahoratlarini namoyish etishdilar, ya’ni millatimizga xos bo‘lgan mehmon kutishda milliy taomimiz hisoblangan osh tayyorlash uchun zarur mahsulotlardan biri bo‘lgan sabzi to‘g‘rashni ko‘rsatib berdilar. Bu shart sahnada bajarildi.

3–shart.  Yurtimizda xotin-qizlar sportiga katta ahamiyat qaratilayapti. Ushbu shartda ishtirokchi qizlarimiz sportning basketbol to‘pini to‘rga tushirish, arqonchada sakrash, 30 metrga yugurish turlari bo‘yicha bellashadilar. Ushbu shart fevral oyida bajarilgan hamda tasvirga olingan bo'lib, tadbirda rolik orqali namoyish etildi.

4–shart.  Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" hamda Toxir Malikning "Halol nimayu - harom nima" asarlaridan savollarga javob berdilar.

5–shart.  Erkin mavzu bo'lib, unda ishtirokchi qizlar o‘zlari xohlagan ko‘rinishlarni ijro etdilar.


Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra, turli nominatsiyalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar e'lon qilindi va barcha ishtirokchilar institut ma’muriyatining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


P.S.: ''Mohitobon qizlar'' ko‘rik-tanlovi haqida hamda yakuniy natijalari haqida keyingi postlarimizda batafsil ma'lumot beramiz.


Report Page