“Ichki ishlar organlarida yoshlarni kasbga yo‘naltirish hamda bandligini taʼminlash”

“Ichki ishlar organlarida yoshlarni kasbga yo‘naltirish hamda bandligini taʼminlash”

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika institutida “Ichki ishlar organlarida yoshlarni kasbga yo‘naltirish hamda bandligini taʼminlash” mavzusida professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida yig‘ilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S. Eshbekova, O‘zbekiston Respublikasi IIV mas’ul xodimi, mayor D.To‘laganov, Jizzax viloyati IIB xodimi, kapitan N. Eshqulov, JizPI Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Maxsudov, institut Ma’naviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova, barcha fakultetlarning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovinlari, institutning barcha tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tabdirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S. Eshbekova ochib berdi.

«Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga etishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Besh muhim tashabbus» ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali ularning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Barchamizga ma’lum bo‘lganidek Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan «Besh muhim tashabbus» ni amalga oshirish toboro takomillashib bormoqda» – deya taʼkidladi prorektor.

So‘ng mehmonlardan Jizzax viloyati IIB xodimi, kapitan N. Eshqulov so‘zga chiqdi.

«Bugungi kunda yoshlar orasida ayrim noxushliklar va hodisalar ham uchrab turibdi. Bunga sabab o‘sha yoshlarning o‘zlari bo‘lib, ko‘cha kuyda ayniqsa kechalari turli xatti harakatlari bilan mayda bezorilik ishlariga aralashib qolmoqda. Masalan o‘z o‘rtog‘ining mashinasini so‘roqsiz boshqarib ketsa, uni bilmagan o‘rtog‘i mashinasining chindanda yo‘qolib qolganligini ichki ishlar xodimlariga telefon orqali ma’lumot beradi, keyin voqeylikga oydinlik kiritilganidan so‘ng, do‘sti uning bunday hazillarini kechirib ketishi mumkin, lekin davlat ichki ishlar xodimlari tomonidan jinoiy ishning ochilishiga majburiy sabab bo‘lib qoladi. Yani unday jo‘ralarning o‘zaro bilib bilmay qilgan hazil mutoibalariga o‘rin qolmaydi. Shu kabi juda ko‘plab misollarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Uning o‘rniga yoshlar va talabalar ish o‘rganib, o‘z kasbini sevib, chuqur bilim egallasa kelajakda ulardan albatta yetuk mutaxassislar etishib chiqishi mumkin.
Mamlakatda yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan yoshlar siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik vazifalarning amalga oshirilayotganligi, kelajakda O‘zbekistonda barqarorlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Viloyatimizda «Mahallabay» o‘rganishlar orqali yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, shuningdek, ular o‘rtasida madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangicha tizim asosida barcha shahar, tuman va qishloqlarda ham «Yoshlar dasturlari»ni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilib kelinmoqda.» – dedi N. Eshqulov.

So‘ng so‘zga mehmonlardan O‘zbekiston Respublikasi IIV mas’ul xodimi, mayor D.To‘laganov chiqdi.

«Yosh salohiyatli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘nalishida, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarida iqtidorli, tashabbuskor, raqobatbardosh kadrlar zahirasini shakllantirish choralarini ko‘rish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan bo‘lib qoldi.
Hurmatli talaba yoshlar, mazkur topshiriq nafaqat Jizzax viloyatida, balki butun Respublikamiz bo‘ylab uchrashuvlar tashkil etilib barcha ishtirokchilarga tushuntirib o‘tilmoqda. Buning zamirida yoshlar muammolarining hal etilishi, kelgusida ma’lum bir aniq vazifalar yuzasidan yoshlarning qaror qabul qilishi, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, muloqot qilishi, moslashuvchanligi, stressni yengishi kabi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus tayyorgarliklarini rivojlantirish ham mumkin bo‘ladi.
Kelgusida ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadigan zahira kadrlarni aniqlab olish va siz kabi talabalarning ichidan shu sohaga qiziqadiganlarni o‘rganish, hamda aniq zahira kadrlarni tanlab olish maqsadida bugungi tadbirimizni o‘tkazyapmiz. Chunki hujjat topshirgan shaxslarning jismonan baquvvatligi turli sport mashqlarini bajartirib aniqlab olish orqali o‘rganiladi va ishga qabul qilinadi.» – dedi D.To‘laganov.

Shundan soʻng tadbir ochib suhbat tarzida davom etdi. Ichki ishlar xodimlari bilan talabalar orasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan aniq javoblar oldilar. 


Report Page