***

***

t.me/jizpi_online
Bugun Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida respublika ko‘rgazmali seminari boʻlib oʻtdi. Unda Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari institutning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova boshchiligida faol ishtirok etdilar.

Joriy yilning 26-fevral kuni Jizzax viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining 2021-yil –“Yoshlarni qo‘llab-qo‘vvatlash va aholi salomatligini rivojlantirish yili”da amalga oshirilgan ishlar yakuni va 2022-yilda –“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da bajariladigan ustuvor vazifalari to‘g‘risida va fuqarolarimiz o‘rtasida tinchlik va millatlararo totuvlikning saqlash ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishni targ‘ib etuvchi fotosuratlar jam bo‘lgan respublika ko‘rgazmali seminari boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimligi Anjumanlar saroyida tashkil etilgan mazkur tadbirda "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasining "Inson qadrini ulug‘lash faol mahalla yili taraqqiyot va farovanlik garovidir" nomli tavsiyalar qo‘llanmasi taqdimoti va "Ogohlik, xushyorlik davr talabi, terrorizm, ekstremizm va missionerlik - daxshatli ofat" foto ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek tadbirning yakuniy qismida, ekstremistik va terroristik oqimlar safiga kirib qolganlarning ayanchli qismati aks etuvchi sahna ko‘rinishi va mahalliy san’atkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.  

Report Page