“Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik-tanlovi

“Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik-tanlovi

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida koʼplab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda institutning barcha fakultetlarida “Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik-tanlovining fakultet bosqichi boʻlib oʻtmoqda. 

Barcha fakultetlar qatori "Transport" fakultetida ham ko‘rik tanloving fakultet bosqichi o‘tkazildi. 

Ko‘rik-tanlovda quyidagi jamoalar munosib ishtirok etdilar:

- "TBJ"
- "Talabalar"
- "Barkamol avlod"
- "Do‘stlik"  

Ko‘rik-tanlovda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan jamolarga fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G.Soatova tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunda faxirli I o‘rinni egallagan jamoa "Do‘stlik", II o‘rinni egallagan jamoa "Talabalar", III o‘rinni egallagan jamoa "TBJ" hamda eng yaxshi tashabuskor jamoa nominatsiyasi bilan "Barkamol avlod" jamolari munosib qatnashishdi.

Bunday koʻrik-tanlovlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda o‘zaro do‘stlik, birdamlik hamda jamoa bo‘lib ishlashni yoshlarda to‘la qonli shakillantirish hisoblanadi.

Report Page