Jizzax politexnika institutida kosmik soha vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Jizzax politexnika institutida kosmik soha vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

t.me/jizpi_online

Bugun 25-fevral kuni “Sh.Rashidov va O'zbekistonda kosmik texnologiyalari rivojlanishi” mavzusida Jizzax politexnika institutida soha vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv mehmonlari Kamol Mo'minov - “O‘zbekkosmos” agentligining sobiq bosh direktori, Nazira Kamolova - Nodavlat tijorat tashkilotlar birlashmasi direktori, Gulnora Rashidova - tarix fanlari nomzodi hamda Sevara Rashidovalar boʻldi.

Tadbirda institut professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar qatnashdilar.

Uchrashuvni Jizzax politexnika institutining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Sanobar Eshbekova kirish so'zi bilan ochib berdi.

So'ngra so'z navbati tadbir mehmonlariga berildi. So'zga chiqqanlar tomonidan qiziqarli ma'ruzlar qilindi hamda mavzu doirasida samimiy suhbat bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Jizzax zaminining buyuk siymosi, jamoat arbobi, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo'mitasining Birinchi kotibi Sharof Rashidov tomonidan yurtimizda koinotni tadbiq etish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlariga yana bir bor nazar solindi.

Uchrashuv mehmonlari bu haqida institutimiz talaba-yoshlariga atroflicha ma’lumot ulashishdi. Ma’lumot uchun shuni ta’kidlash joizki, Y. Gagarinning parvozidan so'ng butun dunyo kosmos, kosmik texnologiyalar, raketalar, sun'iy yo'ldoshlar haqida eshitdi. Kosmos davri keldi. Yer sayyoramiz kelajagi kosmik texnologiyalarni rivojlantirish, qo'shni sayyoralar va umuman olamni o'rganish, respublikaning intellektual va ishlab chiqarish salohiyatini aniq baholash bilan bog'liqligini chuqur anglagan Sh.Rashidov O'zbekistonda kosmik soha korxonalari va obyektlarini tashkil etish va qurish, ilmiy-tadqiqot bazasini yaratish uchun ko'p harakatlarni amalga oshirdi. Uchrashuv davomida bu haqida K. Mo‘minov ham alohida to‘xtalib, 1961-yil, dekabr oyida Toshkent aeroportida Sh. Rashidov tomonidan birinchi kosmonavt Y. Gagarin kutib olingani. 1971-yilda SSSRning 11-uchuvchi-kosmonavti, dunyoda birinchi ochiq kosmosga chiqan odam A. Leonov Toshkentga tashrif buyurgani tarixiy voqea ekanini esladi.

Shuningdek, “Sh.Rashidov va O'zbekistonda kosmik texnologiyalari rivojlanishi” mavzusida K.Mo'minov tomonidan taqdimot namoyish etildi. Taqdimot davomida taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidovning hayoti va serqirra faoliyati haqida batafsil so'z yuritildi. Sh.Rashidovning hayoti davomidagi fotosuratlari namoyish etildi.

Taassurotlarga boy tarzda boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.



Report Page