***

***

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti Arxitektura va qurilish fakulteti hamda fakultetga qarashli Bino va inshootlar qurilishi kafedrasining 2021-2022-o'quv yili ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasiga asosan, talabalar turar joyidagi talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish va yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida talabalar turar joyida "Kitob - inson ma'naviyatining ko'zgusi" mavzusida davra suhbati o'kazildi.

Davra suhbatida fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini J.Anarbayev, Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi katta o'qituvchisi A.Juliyev, kafedra professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida talabalar o'zlarining so'nggi 1 oy davomida o'qigan kitoblari haqida fikr almashib, o'qigan she'riy kitoblaridan parchalar ham keltirishdi. Tadbir davomida talabalar turar joyi kutubxonasida fakultet qizlari bilan ham davra suhbati tashkil etildi.

Report Page