***

***

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida joriy yilning 18-fevral sanasida I bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi B.Maxsudov, fakultet dekani I.Abbazov, Kimyoviy texnologiya fakulteti dekani N.Tangyarikov, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar hamda fakultetdagi birinchi bosqich talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. 

Uchrashuvni fakultet dekani I.Abbazov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Shundan soʻng, S.Eshbekova soʼzga chiqib, tahsil olayotgan talabalarning taqdiriga befarq bo’lmasdan kelganliklari uchun ota-onalarga minnatdorchilik bildirdi.

Institutda olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtalib, institutda talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berdi.

Institutda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ya’ni kam ta’minlangan oila farzandlariga, boquvchisini yo’qotgan talabalarga, nogironligi bor talabalarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Soʻz navbati Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi B.Maxsudovga berildi.

B.Maxsudov oʻz soʻzida ushbu tizimning oldida turgan vazifalar bilan uchrashuv qatnashchilarini tanishtirdi. Kelgusida amal qilinishini ta’minlash maqsadida, yig‘ilganlar korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qabul qilingan qonun va qonunosti huquqiy - me’yoriy hujjatlar bilan atroflicha tanishtirdi. 

Tadbir davomida Kimyoviy texnologiya fakulteti dekani N.Tangyarikov ham soʻzga chiqib, uchrashuv ishtirokchilariga oʻz fikr va samimiy tilaklarini bildirdi.

Shundan soʻng o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari O.Xolmurodov o’quv jarayonidagi islohotlar, “HEMIS” dasturi, “KREDIT MODUL” tizimi va semestr davomida yangi talablar asosida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash” mavzusidagi videorolik namoyish etildi.

Tadbir yakunida mavzu bo'yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob berildi. 

Uchrashuv soʻnggida iqtidorli va faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Report Page