***

***

t.me/jizpi_online

2021-yil 27-avgustdagi № 6300-sonli «Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning 4-ilovasi bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ning 14-bandida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan byudjet nazorati va auditga ixtisoslashgan yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun amaliy darslar o‘tish amaliyotini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan.

Mazkur qarorga asosan Jizzax politexnika instituti Servis fakulteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan institutning 2-bosqich «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalariga “Moliyaviy boshqaruv va moliyaviy nazorat” mavzusida Jizzax viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan birgalikda seminar trening tashkil etildi.

      Seminar trening institutning Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti B.Bobobekov, katta o‘qituvchi I.Tursunqulovlar tomonidan tashkillashtirildi.

Report Page