“BOBUR – BUYUK SHOIR VA SARKARDA”

“BOBUR – BUYUK SHOIR VA SARKARDA”

t.me/jizpi_online

2022-yil 15-fevral kuni Jizzax politexnika instituti maʼmuriyati, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Axborot-resurs markazi hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “BOBUR – BUYUK SHOIR VA SARKARDA” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda, avvalo, tadbirni ochib berish uchun Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova so‘z oldi va mazkur oyda nishonlanayotgan ulug‘ bobokalonlarimizning tavalludlari munosabati bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyati, yoshlar ongida vatanparvarlik va ilm-fanga muhabbat tuyg‘ularini oshirishdagi o‘rni beqiyos ekanligi haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdilar. So‘ngra “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchilari D.Soatova hamda O‘.Norboyevlar o‘z ma’ruzalarida shoh va shoir, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Bobur haqida, uning hayot yo‘li borasida qimmatli ma’lumotlarni bayon etdilar. Tadbirning badiiy qismida “O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi” qoshida tashkil etilgan va o‘qituvchi F.Anorboyzoda rahbarlik qiladigan “Notiqlik san’ati” nomli to‘garakning iqtidorli talabalari ishtirokida shoir qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan namunalar, sarkarda hayotiga oid sahna ko‘rinishi hamda mumtoz qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. Tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Report Page