***

***

t.me/jizpi_online

Bugun 12-fevral kuni Jizzax viloyati Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “Kelajak liderlari” klubi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali va Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlar onggiga ta’sir etuvchi turli yot g‘oyalar, axborot xavfsizligi masalasiga bag‘ishlangan “Geopolitik tahlil” loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Jizzax politexnika instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.


Ma'lumot uchun,
Loyihadan ko‘zlangan maqsad geosiyosat, xalqaro munosabatlardagi geografik ta’sirlarni tahlil qilish, geografik omillar(davlatning xaritada joylashishi, uning qo‘shnilari, dengiz yoki savdo yo‘llariga chiqish, resurslar va boshqalar), xalqaro raqobat natijasida davlatlarning xatti-harakatlarini batafsil o‘rganishdan iborat.

Report Page