•••

•••

t.me/jizpi_online

Joriy yil 11-fevral kuni Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti birinchi kurs talabalarining ota-onalari bilan fakultet dekani N.Saidaxmedova uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv mobaynida farzandlari tahsil olayotgan ota-onalarga o’z farzandlarining ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bilim olishlari, iqtidorlarini namoyon etishlari va kelgusida malakali kadr bo’lib yetishishlari uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirildi. “HEMIS” dasturi, “KREDIT MODUL” tizimi va semestr davomida yangi talablar asosida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori G’.Egamnazarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i B.Maxsudov, kafedra mudirlari, dekanat xodimlari, tyutorlar, guruh sardorlari hamda uzoq viloyatlardan talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar. Uchrashuv so’nggida iqtidorli va faol talabalarning ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar topshirildi.

Report Page