*/

*/

Source

Mana bu xabar vanihoyat ijtimoiy tarmoqning o’zbek segmentiga ham kirib keldi:

"Тасодифлар, "тасодифан" бўлишига ишонасизми? Сиз табиийки "Йўқ!" дейишингиз мумкин албатта!

Хулоса қилишга шошилманг-да, қуйидаги тасодифлар занжирига эътибор беринг:

Хитойнинг машҳур Ухан шаҳридаги биологик лаборатория, тасодифан GLAXO компаниясига тегишли.

Хозирда шов-шувли вакцинани ишлаб чиқараётган "Pfizer" компанияси тасодифан Glaxo компаниясининг эгаси ҳисобланади.

"Pfizer" компанияси эса ўз ўрнида тасодифан
"Blek Rok" фонди томонидан бошқарилади. Шу билан бирга бу фонд яна бошқа очиқ турдаги бошқа фондни бошқаради(SOROS FOUNDATION).

"SOROS FOUNDATION" фонди эса ўз навбатида французларнинг АХА Group компаниясига хизмат кўрсатади.

АХА Group катта тасодиф билан, Германиянинг "Wintertor" компаниясига эгалик қилади.

"Wintertor" компанияси тасодифан айнан ўша Ухандаги лабораторияни қурган компания бўлади.

У лабораторияни тасодифан, нимагадир "Vanguard" компанияси акционери бўлган, немис альянси сотиб олган бўлиб чиқди. Айнан шу компания яна жаҳондаги кўплаб марказий банкларни ва инвестицион капиталларнинг учдан бирини назорат қилувчи "Black Rock"нинг акционери ҳамдир.

Давом этамиз:
Айтганча "Black Rock" Microsoft-нинг асосий акционери ҳисобланади!

Хозирда мўъжизавий вакцинани ишлаб чиқараётган PFIZER компанияси, жаноб Бил Гейтснинг хусусий мулки бўлиб, хозирда тасодифан қайсидир бир ташкилотга хомийлик қилиб келмоқда?

Э-ҳа эсладим, ўша ташкилотнинг номи: Жахон Соғлиқни Сақлаш ташкилоти.... “

Ajoyib “topilma”ning matni shu yerda tugadi. Alhamdulillah.

Bilasizmi bu xabar qayerdan paydo bo’ldi?

Bu "xabar"ni birinchi bo'lib mana bu facebook accounti ingliz tilida tarqatdi:

https://www.facebook.com/susan.mundy.904

Bu tarqatgan profil mana bu websaytga tegishli:

Mana shu sayt narsalarini tarqatish uchun ochilgan troll profil. Bu sayt Trumpning fanatlari bo'lgan dovdir QANON va yana shunga o'xshash kospirologlar sayti. Bular Trump Xudo tomonidan dunyoni qutqarish uchun yuborilgan deyishadi.

Bularning biror gapida haqiqat yo'q. Mana bu yerda shu xabarni tarqatgan sayt Islom dinini Vatikan - katoliklar yaratgan deyapti:


Shundan ham bilsa bo'ladi bularning qanchalik kazzobligini. Saytida islomga qarshi 6000 dan ortiq maqola nashr qilgan ekan. Shularning gapini haqiqat deb tarqatib yuradimi oqil odam?!

Bir paytlar yolg’onni haqiqatdan ajratish uchun eng kuchli, tarixda misliko’rilmagan qoidalar ishlab chiqqan edik. Shu qoidalar asosida 1400 yil oldingi hadislarning rostini yolg’onidan hech qanday shak - shubhasiz ajrata oldik.

Endi esa har baloga ishonib ketaveradigan to’daga aylanib qoldik. Kusto musulmon bo’lgan, Armstrong oyda azon eshitgan, NASA oy bo’linganini tasdiqlagan, Edison tortmasidan Nur surasi chiqqan, yahudlar qor yog’dirib, shamol esdiradi - xullas, qandaydir alternativ dunyoda yashaymiz.

Alloh isloh qilsin bizlarni!
Nega endi biror narsani ulashishdan oldin tekshirmaymiz?! Nega endi asli Islomning ashaddiy dushmani bo’lgan sayt birinchi bo’lib e’lon qilgan yuqoridagi kabi xabarlarni haqiqatmikan deb izlanib ko’rmasdan tarqatib yuramiz?

O’zimizga kelaylik, Buxoriy, Termiziylarga, sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga munosib bo’laylik, yaxshilar!

Report Page