...

...

@Jizzax

Kecha, 10-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi maktablarning birida uquvchilarning tadbir uchun sheʼr aytayotgani va toʻsatdan uqituvchi “ha haromi, ha iflos, it” deya jahl qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova izoh berdi.


Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 7-dekabr kuni Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinflaridan birida yuz bergan.


Maktabda oʻtkaziladigan madaniy tadbirga boshlangʻich sinf oʻquvchilarini tayyorlayotgan oʻqituvchi N.R. bolalarni videoga olish vaqtida uyali aloqa vositasining quvvati tugash signalini berganidan jahli chiqib, “haromi, iflos, it” degan soʻzlarni ishlatgan. .


“Shu oʻrinda Xalq taʼlimi vazirligi barcha ustoz-pedagoglardan ustozlik kasbi sharafli va ulugʻ kasb ekani, har bir pedagog yosh avlodni aqlan hamda jismonan barkamol etib tarbiyalash kabi masʼuliyatli vazifani bajarishda ustozlik nomiga dogʻ tushirmaslikni va odob-ahloq qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini talab qiladi”, deyiladi habarda.

Report Page