***
***
Soģinch sudrab borar jomadonimni
Va chipta ololmay qaytib keladi.
Zil-zambil eshigi mehmonxonaning
Mening xonam minus òn sakkizinchi.
Serkaromat, gapdon eshik oģasi
Serdaromad, gavjum, ģirrom kazino
Qasamxòr, odamxòr, xushomadgòyga
Men yana yutkazib qòydim òzimni.
Soģinch sudrab borar jomadonimni,
Piyoda boradi olis yoqlarga.
Lang ochiq eshigi mehmonxonaning
Mening xonam minus òn sakkizinchi.