...

...

Anonymous

1. Quruq uzr. "Uzr so‘rayman. Aytdim-ku, meni kechiring". Quruq uzr so‘rash - bu kechirim so‘rashning hech qanday mazmunga ega bo‘lmagan shakli. Siz uzr so‘rashga majbur ekanligingizni bilasiz, lekin shu qadar jahlingiz chiqqanki, o‘zingizdan haqiqiy tuyg‘uni siqib chiqara olmaysiz. Shu bois hech qanday tushuntirishlarsiz shunchaki rasmiy uzr so‘rab qo‘ya qolasiz. Uzringiz yo‘naltirilgan insonga ham bu kundek ayon.

   2. Haddan ziyod ko‘p so‘zli uzr. "Meni afv eting! O‘zimni shu qadar noqulay his qilyapmanki. Afsusdaman. Vaziyatni qanday to‘g‘irlashim mumkin? O‘zimni hech qachon bunday noqulay his qilmagandim...". Nazariy jihatdan qaraganda uzrlaringiz xatoni to‘g‘irlab, munosabatlarni tiklashga yo‘naltirilgan. Biroq qayta-qayta uzr so‘rash bilan nafaqat maqsadingizga erisha olmaysiz, balki aksincha uning teskarisi bo‘lishi mumkin - qilgan xatoingizga emas, o‘zingizga keragidan ortiq e‘tibor qaratasiz. Uzringizni qabul qilayotgan tomon uchun bunday usul turlicha qabul qilinishi mumkin. Bir variant - vaziyatga mos kelmaydigan darajada ko‘p hissiyot berasiz. Kun tartibi nusxasini majlis oldidan tarqatishni unutdingiz, deylik, endi esa sal qolsa, tiz cho‘kib uzr so‘rashga tayyorsiz. Yana bir variant - bir qilmish uchun qayta-qayta uzr so‘rash. Bunday xatti-harakatlaringiz bilan boshqa odamni "hammasi joyida" deyishga majbur qilayotgan bo‘lasiz. Har ikki holatda ham diqqat markazida - o‘zingiz! Aslida esa asosiy e‘tibor xafa qilgan insoningizga qaratilishi kerak.

   3. Chala uzr so‘rash. "Bunday bo‘lganidan afsusdaman". Ba‘zan sizning so‘zlaringiz kerakli maqsadgacha yetib boradi, lekin oxirigacha emas. Afsusni to‘g‘ri ifodalash masalasini o‘rganuvchilarning fikricha, uzr so‘rash uch asosiy komponentdan iborat: vaziyat yoki voqeadagi aybni tan olish, kechirish haqida so‘rash, bu boshqa qaytarilmasligiga va‘da berish. Chala uzr so‘rash bularning hammasini qamrab olmaydi. Masalan, siz vaziyat uchun javobgarlikni qisman o‘z bo‘yningizga olishingiz mumkin, lekin bu borada afsuslanishingizni ifodalamaysiz yoki uzr so‘ramaysiz. Yoki boshqa kishi qolgan vaziyat borasida afsusda ekanligingizni bildirdingiz, lekin unda o‘zingizni ishtirokingizni tan olmadingiz (Masalan, "O‘zingizni bunday his qilayotganingiz taassufdaman"). Har qaysi holatda ham uzrlaringiz to‘liq emas va uning samarasi ham shunga muvofiq bo‘ladi.

   4. Inkor qilish. "Bunda mening aybim yo‘q - bas". Ba‘zan sizning "men"ingiz ustun keladi yoki shunchaki kechirim so‘rashni istamaysiz. Ehtimol, sizni g‘azab shu qadar qamrab oladiki, uzr so‘rashning o‘rniga himoyalanish pozitsiyasini tutasiz yoki barchasini inkor qila boshlaysiz. O‘z aybiga iqror bo‘lish juda qiyin, ba‘zilar umr bo‘yi buni o‘rgana olishmaydi. Biroq sizning inkor etuvchi pozitsiyangiz qanchalik kuchli bo‘lmasin, oxir-oqibat u darz ketgan munosabatlarni tiklamaydi, aksincha, vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

   To‘g‘ri uzr so‘rash uchun siz o‘z his-tuyg‘ularingizni nazorat qilishni o‘rganishingiz kerak, zarurat tug‘ilsa, o‘zingizni boshqa odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rib, vaziyatga ko‘nikishingizga to‘g‘ri keladi. Sizni turli hissiyotlar qamrab olgan vaqtda bu oson bo‘lmaydi, albatta. His-tuyg‘ularingizni nazorat qila olmasligingizni sezsangiz, yaxshisi tanaffus oling. To‘g‘ri uzr so‘rash uchun birgina imkon bor, shuning uchun undan munosib foydalaning.

   O‘zingizni qo‘lga ololmayotgan bo‘lsangiz, vaziyatga boshqa odamning ko‘zlari bilan qarashga harakat qilib ko‘ring. Uni tushunishga urining va bu, ehtimol, oxir-oqibat sizga chin dildan uzr so‘rashga yordam berar. Bunday xatti-harakatlar sizga nima uchun kerakligini unutmaslik muhim: chunki siz u insonga va u bilan o‘rtangizdagi munosabatlarga befarq emassiz.

   Uzr so‘rash odatda siz tomoningizdan o‘zgarishga bo‘lgan va‘dani talab qiladi. Agar bo‘lgan voqeadan haqiqatda afsusda bo‘lsangiz, u holda qulaylik zonasidan chiqib, o‘z ustingizda ishlashingizga, takomillashingizga to‘g‘ri keladi. Hatto ko‘pchilik oldida o‘zgarishga va‘da berishingiz ham mumkin. Shu tariqa uzr so‘rash nafaqat munosabatlarni tiklaydi, balki sizning shaxs sifatida o‘sishingizda qudratli kuchga ega bo‘ladi.

   Keng tarqalgan xatolardan xoli bo‘ling, "men"ingizni bir chekkaga suring va so‘nggi maqsadni yoddan chiqarmang: ijobiy munosabat qurish va uni qo‘llab-quvvatlash.


Buxdu.uz dan olindi.

Report Page