...

...

@Jizzax

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent avtovokzali xavfsizlik xizmati xodimi tomonidan fuqaroga nisbatan kuch ishlatilganligi toʻgʻrisidagi video lavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Oʻzavtovokzal servis” DUK rasmiy bayonot berib, aslida voqea qanday bo'lganini izohladi.


Ma'lum bo'lishicha, mazkur holat joriy yinning 24-oktyabr kuni sodir boʻlgan. Holatni tasvirga olgan “jabrlanuvchi” fuqaro Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi M.A bo'lgan.


U avtovokzal qoʻriqlash xizmati xodimi oʻziga nisbatan kuch ishlatilishi bilan bogʻliq holat roʻy berishdan avval Toshkent avtovokzalining kutish zaliga kirib, bu yerda oʻz mehnat faoliyatini olib borayotgan ayol xodimlarni uyatli soʻzlar bilan soʻkib, haqoratlagan. Bu orqali jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan.


Shundan so'ng, oʻz navbatida avtovokzal qoʻriqlash xizmati xodimi N.A voqea joyiga yetib kelgan.


U jamoat tratibini buzayotgan fuqaro M.A ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni taʼminlash maqsadida fuqaroni hududda joylashgan militsiya tayanch punktiga olib bormoqchi boʻlgan vaqtida oʻz xizmat vakolatidan chetga chiqish bilan bogʻliq harakatlarni sodir etgan.


Ma'lum qilinishicha, “Oʻzavtovokzal servis” DUK ushbu voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda holat yuzasidan oʻrganish va surishtiruv ishlarini olib borgan.


Oʻrganish natijalariga koʻra, fuqaro M.A Toshkent avtovokzali hududida jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarni spirtli ichimlik taʼsiri ostida sodir etgani maʼlum boʻlgan. Shuningdek, avtovokzal qoʻriqlash xizmati xodimi N.A oʻz xizmat vakolatidan chetga chiqish bilan bogʻliq harakatlarni sodir etganligi oydinlashgan.


Ushbu holat yuzasidan fuqaro M.A va avtovokzal xodimi N.A ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183 – moddasi “mayda bezorilik” boʻyicha maʼmuriy ish ochilgan.

Report Page