UFA va PFLga taklif!

UFA va PFLga taklif!

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》

@Oltiariq_tv

Barchamizga sir emaski bir necha mavsumlardan buyon PFL "O'zbekiston Super Ligasi" jamoalari va "PRO Liga jamoalari saviyasini ko'tarish, hamda ushbu jamoalar tizimida proffesionallikni oshirish bo'yicha tinimsiz ishlab kelmoqda.


Ushbu mehnatlar samarasi o'laroq ayni hozirgi kunda "Coca Cola Super Ligasi"dagi uchrashuvlarda oldindan qay bir jamoa g'olib bo'lishi yoki mag'lub bo'lishi borasidagi taxminlar o'zini oqlamagan holda, jamoalarning bir-birlari bilan turnir jadvalidagi ochko'larida ham katta tafovudlar sezilmay kelmoqda. Bu borada Super ligada o'sish kuzatilmoqda desak mubolg'a bo'lmaydi. 


Shu o'rinda bir-qancha savollar tug'iladi.

PRO Ligamiz va ikkinchi liga viloyat chempionatlarida o'sish bormi?

PRO A ligamizdagi barcha jamoalar umuman Super liga darajasidagi top jamoalar hisoblanadimi?

PRO B ligadagi jamoalarning asosiy maqsadi aslida nimalardan iborat? 


Aynan ushbu savollarga javob topish uchun va respublikamizning barcha joylarida futbolni yanada rivojlantirish uchun ham biz viloyat chempionatlaridan boshlab profesionallik sari ishlay oladigan, PRO Liga uchun raqobatbardosh klublarni ko'paytirib, rivojlantrish uchun viloyat birinchiligidagi kuchli jamoalar o'rtasida bir-biriga qo‘shni bo‘lgan har uch yoki to'rt viloyatning, so'ngi mavsumida dastlabki birinchi o'rindan uchinchi yoki ro'rtinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar o'rtasidagi ikki davralik mintaqa chempionatini o'tkazishimiz mumkin.


Misol keltiraman:

Andijon, Namangan, Farg'ona, viloyatlarining 2019-yilgi ikkinchi liga viloyat chempionatlarida dastlabki to'rt o'rinni qo'lga kiritgan 12 ta jamoalar o'rtasidagi "Vodiy chempionati" tashkil etish orqali ham futbol muhlislarini o'yingohlarga to'plashimiz mumkin. Bundan tashqari ushbu mintaqa chempionati orqali futbol jamoalari o'rtasidagi sog'lom raqobatni kuchaytirish bilan birga chekka tumanlardagi asl iqtidor egalari bo'lgan futbolchilarni kashf qilishimiz ham mumkin bo'ladi. (Asosiysi jamoalar vodiydan tashq'ri uzoq viloyatlarga safar uchun ortiqcha pul sarflashmaydi)


Respublikamiz bo'yicha to'liqroq misol keltirsam:

N 1 - Mintaqa.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazim, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan mos ravishda 12 jamoa.

So'ngi mavsumdagi ushbu viloyatlar birinchiligining dastlabki uchtalik jamoalari.


N 2 - Mintaqa.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlaridan 12 jamoa.

So'ngi mavsumdagi ushbu viloyatlar birinchiligining dastlabki uchtalik jamoalari.


N 3 - Mintaqa 

Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 12 jamoa.

So'ngi mavsumdagi ushbu viloyatlar birinchiligining dastlabki to'rttalik jamoalari.


N 4 - Mintaqa

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlaridan 12 jamoa.

So'ngi mavsumdagi ushbu viloyatlar birinchiligining dastlabki to'rttalik jamoalari.


Xuddi shunday mintaqalarning dastlabki birinchi va ikkinchi o'rin sohiblari litsenziyalash talablarini to'liq bajargan holatda PRO Liga uchun to'rt mintaqaning dastlabki ikki o'rinini qo'lga kiritgan jamoalar o'rtasidagi o'tish turniri orqali g'alaba qozonib PRO Ligaga chiqishlari mumkin bo'ladi. (O'tish turniri tvda translyatsa qilinsa shaffoflik ham yuqori bo‘ladi. O'tish turniridan o'ta olmagan jamoalar ham shu o'rinda litsenziyash talablari orqali moddiy va texnikaviy imkoniyatlarini oshirib olishadi).


Mos ravishda mavsum yakunida so'ngi to'rt o'rin, yoki uch o'rin sohiblari viloyat birinchiligiga yo'l olsa o'sha mavsumning viloyat birinchiligi g'oliblari Mintaqa chempionatida ushbu jamoalarning o'rnilarini to'ldirishlari mumkin bo'ladi.


Hozir kimdir ushbu fikrlarni maqullashi yoki bo'lmasa kimning toqati bor deb aytishi ham mumkin! Lekin unutmaylik futbolimizni rivojlantirib milliy chempionatimiz saviyasini yanada oshirishni o'ylasak mavjud imkoniyatlardan, berilayotgan e'tibordan, hususiy futbol jamoalari tuzish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqishlarni inobatga olib, mehnatdan qochmasligimiz zarur. (Har yili gapirib, gapirib, qolib ketavermay futbolni rivojlantirishni chekka joylardan yangi mavsumni o'zidan boshlaylik)


Ushbu "Mintaqaviy chempionat"da qatnashish uchun ham "Mintaqa chempionati"ning belgilangan tartibi bo'yicha badal pulini (15 yoki 20 million so'm atrofida) har bir jamoa oldindan to'lab qo'yish shart ekanligini belgilash mumkin.

"Mintaqaviy chempionat"ni o'tkazish uchun ham bir necha yo'llar mavjud.

Misol: 

"1-MFA" (Birinchi mintaqa futbol asotsatsiyasi), "2-MFA", "3-MFA" "4-MFA"

Yoki bo'lmasa chempionatni tashkillashni har-bir mintaqadagi viloyatlarning futbol asotsatsiyalariga har yili PFL qarori orqali navbati bilan tashkillash vazifasini yuklash ham mumkin.


Chempionatimizga ushbu tizimni kiritish orqali PRO Ligamiz uchun bosib o'tiladigan yo'lda jamoalarni obdon tayyorlash, moddiy baquvvatligini sinovdan o'tkazish, eng asosiysi o'z oldiga maqsad qo'yganligi sababli, kelishilgan o'yinlarga aralashmaydigan, sog'lom raqobatga dosh bera oladigan jamoalargina haqli ravishda PRO Ligagacha yetib kelib, Super liga uchun kurash olib boradigan darajadagi jamoalarni ajratib olishimizda katta ro'l o'ynaydi.

Report Page