“O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan onlayn tadbi

MoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” va “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan “O‘zbek tili - mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyat!” mavzusida zoom dasturi orqali online tadbir tashkil etildi.

Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Antik Dunyo xalqaro akademiyasi akademigi Rahimboy Jumaniyozov, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Videokonferensiyada hududiy tashkilot vakillari ishtirok etib, ishtirokchilardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Moliya vazirligi markaziy apparati va hududiy moliya tizimlarida 19-oktabrdan 22- oktabrgacha “O‘zbek tili bayrami haftaligi” e’lon qilindi. Haftalikdan turli ma’rifiy tadbirlar va insholar tanlovi o‘rin olgan.

“O‘zbek tili bayrami kuni" unosabati bilan onlayn tadbir



Report Page