Tan soqchisida COVID-19 aniqlangani tufayli Germaniya prezidenti karantinga olindi

Tan soqchisida COVID-19 aniqlangani tufayli Germaniya prezidenti karantinga olindi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 17-oktabr kuni tan soqchisida koronavirus aniqlanganidan keyin karantinga olindi. Bu haqda davlat rahbari devoni matbuot xizmatiga asoslanib, “RBK” xabar qildi.

Endi 64 yoshli Shtaynmayer o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga o‘tadi. U koronavirus tahlili uchun testdan topshirdi, lekin hali natijalar ma’lum emas.


Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Germaniya kansleri Angela Merkel karantinga olingan edi. COVID-19 tahlili uchun topshirgan testi manfiy natija ko‘rsatgandan so‘ng kansler 3-aprelda o‘z ishiga qaytdi.

Sentabr oyi oxirida Merkel Germaniya fuqarolarini koronavirus infeksiyasi ko‘payishi sababli kelayotgan kuz va qish oylari mamlakat uchun oson bo‘lmaydi, deb ogohlantirdi.


Shu bilan birga, u federal organlar qat’iy cheklovlar va umumiy karantin joriy qilishni istamasligini hamda kasallik o‘choqlarida maqsadli choralar bilan cheklanishga harakat qilishini ta’kidladi.


Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 17-oktabrga qadar mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri 356 mingdan ortiq koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Shu davr mobaynida bemorlarning 9,7 ming nafari vafot etgan.

✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page