Rossiyaning beshta shahrida O‘zbekiston fuqarolari uchun bepul rus tili kurslari ochildi

Rossiyaning beshta shahrida O‘zbekiston fuqarolari uchun bepul rus tili kurslari ochildi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

....


Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik migrantlar uchun mamlakatning beshta shahri — Moskva, Yekaterinburg, Novosibirsk, Peterburg, Qozonda rus tilini o‘rgatuvchi bepul kurslar ochildi. Bu haqda “Mir24” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, kurslarda qoidalar xuddi Rossiya maktablaridagidek, faqat maxsus chet elliklar uchun bir muncha soddalashtirilgan bo‘lib, 72 soat davomida o‘qitiladi. “Rossiyada 1,5 million o‘zbekistonlik migrantlar ishlaydi, ammo rus tilini beshdan biri tushunadi xolos, axir til bilish yaxshi ish joyi va maosh garovidir”, — deb ta’kidlangan xabarda.


O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yetakchi mutaxassisi Mashrab Madrahimovning aytishicha, O‘zbekiston fuqarolari uchun bu kurslar bepul. Davlat to‘laydi, chunki fuqaro malakali mutaxassis bo‘lishidan manfaatdor.


Avvalroq O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuqoridagi beshta shaharda rus tili, o‘z kasbi bo‘yicha malaka oshirish, yangi kasb o‘rganish yo‘nalishlar bo‘yicha 1 oylik (72 soatlik) va 2 oylik (144 soatlik) o‘quv kurslari tashkil etilishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Rossiyada o‘zbek migrantlari uchun kasb va til o‘rgatish to‘garaklari yo‘lga qo‘yilishi bildirilgan.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page