Farg‘onada oraliq masofa saqlamagan Matiz traktor tirkamasiga urilishi oqibatida avtomobil yo‘lovchisi jarohat oldi

Farg‘onada oraliq masofa saqlamagan Matiz traktor tirkamasiga urilishi oqibatida avtomobil yo‘lovchisi jarohat oldi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida Matiz va traktor ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida mashinada bo‘lgan 17 yoshli yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 13-oktabr kuni soat 17:15 da Uchko‘prik tumani Mehnatobod qishlog‘i hududidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 336-kilometrida sodir bo‘lgan.


1999-yilda tug‘ilgan haydovchi Andijon shahrida joylashgan “AvtoTrans” MChJga tegishli Matiz avtomobilini boshqarib ketayotib, oraliq masofasini saqlamagani sababli bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan, Buvayda tumanida yashovchi B.O. boshqaruvida bo‘lgan traktor tirkamasining orqa qismiga urilgan. Natijada Matiz avtomobili yo‘lovchisi, Andijon shahrida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan M.A. tan jarohati olib, Buvayda tumani shifoxonasiga davolanish uchun yotqizilgan.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page