Navoiyda “Odnoklassniki” orqali diniy-ekstremistik materiallar tarqatgan 26 yoshli yigit 3 yilga ozodlikdan cheklandi

Navoiyda “Odnoklassniki” orqali diniy-ekstremistik materiallar tarqatgan 26 yoshli yigit 3 yilga ozodlikdan cheklandi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

...


Navoiyda “Odnoklassniki” orqali diniy-ekstremistik materiallarni virtual do‘stlariga tarqatib kelgan 1994-yilda tug‘ilgan L.S. (ism-familiyasi o‘zgartirilgan)ga nisbatan 12-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat Uchquduq tuman sudi binosida jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Darakchi” xabar bermoqda.


Sudlanuvchi yigit 2013-yilda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida o‘z ismi-sharifi bilan profil ochgan va mazkur profil orqali virtual do‘stlari bilan suhbatlashib, O‘zbekistonda an’anaviy bo‘lgan hanafiylik mazhabi va motrudiylik aqidasiga zid bo‘lgan va aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan diniy-ekstremistik materiallar — turli xildagi video va audiolarga “klass” belgisini bosish orqali virtual do‘stlariga tarqatib kelgan.


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertizasining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, videofaylda xalqaro terroristik tashkilotning yetakchilaridan birining jihod haqidagi fikrlari o‘rin olgan ma’ruza bo‘lgan.


Shuningdek, bir nechta videofayllarda inson bir vaqtning o‘zida ham musulmon, ham demokrat bo‘la olmasligi, inson yoki demokrat, yoki musulmon bo‘lishi, demokrat hurriyatni da’vo qilsa-da, islom ahliga o‘z haytlarini shariat asosiga qurilishiga yo‘l qo‘ymasligi, musulmonga hayotini o‘z yurtida shariat asosida qurishga yo‘l berilmasa, hijrat qilish kerakligi haqida yozilgan turli ma’ruzalar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lgan. Ushbu materiallarni O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan.


Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismining “g” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo)ni qo‘llab, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page