Toshkentda uxlayotgan itga qaynoq suv to‘kkan xavfsizlik xodimi ishdan olindi

Toshkentda uxlayotgan itga qaynoq suv to‘kkan xavfsizlik xodimi ishdan olindi

...

🌐 OLTIARIQ TV

Toshkent shahrida uxlayotgan itga qaynoq suv to‘kkan korxonaning xavfsizlik xodimi ishdan bo‘shatildi, deya xabar bermoqda “Mehr va Oqibat” nodavlat notijorat tashkiloti.

...


Foto: “Mehr va Oqibat” nodavlat notijorat tashkiloti

Qayd etilishicha, Toshkentdagi korxonalardan birining xavfsizlik xodimi uxlayotgan itga choynakdagi qaynoq suvni to‘kkan. Shundan so‘ng “Mehr va Oqibat” nodavlat notijorat tashkilotining a’zolari ushbu korxonaga tashrif buyurgan. Tashkilotga bu holat haqida xabarni hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi faollar ma’lum qilgan.

Tashkilot xodimlari huquqni muhofaza qilish idoralariga mazkur holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.


Korxona mutasaddilari xodim bilan suhbatlashgan va natijada xodim ishdan bo‘shatilgan. Keyinchalik tashkilot xodimlari hayvonni veterinarga olib borgan va yaralari bitgach it xizmat joyiga qaytishini aytgan.


“Biz barchani darhol jalb qilishning iloji yo‘qligini tushunamiz, ammo hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik jazosiz qolmasligi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz. Befarq bo‘lmaganlarga va ushbu masalada ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildiramiz”, – deyiladi tashkilot xabarida.


Eslatib o‘tamiz, 2019-yil Samarqandda it va mushuklarni zaharlab o‘ldirgan mansabdor shaxslar egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgandi.



✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR


Report Page