Mutaxassis koronavirusni oldini olishning eng yaxshi usullaridan birini ma’lum qildi

Mutaxassis koronavirusni oldini olishning eng yaxshi usullaridan birini ma’lum qildi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Mutaxassis koronavirusni oldini olishning eng yaxshi usullaridan birini ma’lum qildi

Futbol o‘ynash – koronavirus infeksiyasini oldini olishning eng yaxshi usullaridan biri. Bu haqda ukrainalik shifokor va teleboshlovchi Yevgeniy Komarovskiy ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning og‘ir darajada bo‘lishi nafaqat odamning yoshiga, balki nafas yo‘llariga qancha virus tushishiga ham bog‘liq. Shifokor ko‘chada odamlarning nafas yo‘llariga katta miqdordagi virus tushmasligini ta’kidladi.

"Kasal odam chiqaradigan har qanday miqdordagi virusni ulkan havo massasi yutib yuboradi. Shuning uchun, ko‘chada sog‘lom odamga zarar kamroq bo‘ladi", degan Komarovskiy.

Uning fikriga ko‘ra, yopiq bino ichida infeksiyani yuqtirish ehtimoli yuqori.

Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri 37 milliondan ortiq koronavirus bilan bog‘liq holat ro‘yxatga olingan. 27 milliondan ziyod odam sog‘ayib ketgan. 1 milliondan ko‘p bemor vafot etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar 57 704 nafarga yetgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil qilmoqda.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page