Navoiyda Nexia yo‘ldan o‘tayotgan shifokorni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Navoiyda Nexia yo‘ldan o‘tayotgan shifokorni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

Navoiyda tezlikni oshirgan Nexia haydovchisi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqdaYHXBB.

>>>


Kadr: Videodan skrinshot

Qayd etilishi, 2020-yilning 6-oktabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Bo‘ston” MFY hududida tuman markaziy kasalxonasi qarshisidagi chorrahadan yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan 49 yoshli shifokorni Nexia avtomobili haydovchisi urib yuborgan.

Zarb oqibatida svetofor ustuniga urilgan piyoda bosh jarohati va oyoq sinishi bilan kasalxonaga yuborilgan.

Jabrlanuvchi shifoxonada birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay vafot etgan.

✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR


Report Page