Armaniston va Ozarbayjon bir-birini Tog‘li Qorabog‘dagi sulhni buzishda aybladi.

Armaniston va Ozarbayjon bir-birini Tog‘li Qorabog‘dagi sulhni buzishda aybladi.

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Armaniston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari bir-birini Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari Armanistonning Syunik viloyati hududiga raketa zarbasi berganini ta’kidlamoqda.

Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyanning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon quroli kuchlari 10-oktabr kuni tuzilgan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish sulhini buzdi. Ozarbayjon vakillari buni rad etmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi o‘z navbatida “Terter va Agdam viloyatlari hududi dushman tomonidan o‘qqa tutilayotganini” ma’lum qilgan. Armaniston Mudofaa vazirligida bu haqiqatga zid deb aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da keng qamrovli jangovar harakatlar 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarbayjon va Armaniston 10-oktabr kuni soat 12:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page