Pandemiya davrida qanday turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan voz kechish kerak?

Pandemiya davrida qanday turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan voz kechish kerak?

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Koronavirus pandemiyasi davrida immunitetni ko‘tarish juda muhimdir. Uning uchun ba’zi oziq-ovqat mahsulotlaridan, xususan, fast-fud, turli konservalar, qovurilgan ovqatlar iste’molidan ham voz kechish yoki ularning miqdorini kamaytirish zarur. Bu haqda rossiyalik epidemiolog Olga Nenastina ma’lum qilgan.


“Konservalardan voz kechish kerak. Qayta ishlangan mahsulotlar ko‘p xollarda zararli bo‘lishi ma’lum. Shakar ham iste’mol qilmay turgan ma’qul. Chunki u bakteriyalar ko‘payishiga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, qovurilgan ovqatlar va fast-fud mahsulotlaridan ham tiyilib turish yaxshiroq", dedi mutaxassis.


Mutaxassis immunitetni ko‘tarish uchun, vitamin va minerallarga boy bo‘lgan sabzavot va ko‘katlarni tez-tez yeyish kerakligini aytgan.


Koronavirus infeksiyasi alohida xavf tug‘diradigan keksa kishilar esa yetarli miqdorda oqsil va vitaminlarga boy bo‘lgan mahsulotlar iste’mol qilishi kerak. Nenastina tez-tez go‘sht yeyishni maslahat bermagan, lekin haftada bir marta bo‘lsa ham uni iste’mol qilish foydali ekanligini ta’kidlagan.


Shu bilan birga, mutaxassis faqatgina oziq-ovqat bilan immunitetni mustahkamlash mumkin emasligini qayd etgan. U ko‘proq harakat qilish, toza havodan nafas olish va stress bilan hech qachon "o‘rtoq" bo‘lmaslik kerakligini ta’kidlagan.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page