Rossiya hukumati mamlakatning yana 4 ta shahridan xorijga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi

Rossiya hukumati mamlakatning yana 4 ta shahridan xorijga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Rossiya hukumati mamlakatning yana to‘rtta shahridan xalqaro aviareyslarni amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda “Rosaviatsiya”ga tayanib, Meduza xabar qildiMa’lum qilinishicha, endi parvozlarni Grozniy, Vladivostok, Krasnoyarsk va Samaradan amalga oshirish mumkin.


Avvalroq Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Qozon, Kaliningrad va Novosibirskdan xalqaro parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berilgandi.


Rossiya 1-avgustdan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklashni boshladi. Qatnovlar mart oyining oxirida to‘xtatilgandi.


Hozirgi paytda Rossiyadan Buyuk Britaniya, Shveysariya, Janubiy Koreya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Maldiv orollari va Tanzaniyaga parvoz qilish mumkin.


Avvalroq Rossiya O‘zbekistonning muntazam aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page