Samarqandda aholining tabiiy gaz uchun to‘lagan 59 mln so‘mdan ortiq pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Samarqandda aholining tabiiy gaz uchun to‘lagan 59 mln so‘mdan ortiq pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Samarqandda aholidan tabiiy gaz uchun yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.


Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning yanvar oyida Samarqand gaz ta’minoti filiali bilan Pastdarg‘om tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona o‘rtasida ikki tomonlama, ya’ni aholi tomonidan tabiiy gaz uchun to‘langan to‘lov pullarini qabul qilib, hisob raqamlariga o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.


Shartnoma shartlariga ko‘ra, xususiy korxona ish boshqaruvchisi 29 yoshli B.B. Pastdarg‘om tumani gaz ta’minoti bo‘limining ma’muriy binosida tuman aholisidan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni naqd pul shaklida qabul qilib, fuqarolarga muhrlangan to‘lov kvitansiyalarini taqdim qilishi va pul mablag‘larini gaz ta’minoti filiali hisob raqamiga o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan.


2020-yilning avgust oyi davomida xususiy korxona ish boshqaruvchisi B.B. Pastdarg‘om tumanida yashovchi jami 264 nafar fuqarolardan tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lov qilingan jami 59 million 322 ming so‘m pullarni qabul qilib olib, ularga muhrlangan kvitansiyalar taqdim qilgan bo‘lsa-da, ushbu pul mablag‘larini gaz ta’minoti filiali hisob raqamiga o‘tkazmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.


O‘zining jinoiy qilmishlarini esa ushbu pul mablag‘lari gaz ta’minoti filialining hisob raqamiga tushganligini ko‘rsatuvchi soxta ma’lumotlarni kiritib yashirgan. Bu ishlarni Pastdarg‘om tumani gaz ta’minoti bo‘limining mas’ul xodimi 25 yoshli Sh.O‘. bilan jinoiy til biriktirib amalga oshirgan.


Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page