Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda kechikish holatlari bo‘layotganiga izoh berildi

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda kechikish holatlari bo‘layotganiga izoh berildi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

O‘zbekistonda tabiiy gaz yetib bormagan hududlarni gaz bilan ta’minlash uchun suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib beriladi. Suyultirilgan gazni yetkazib berishda vaqt cho‘zilishi holatlari kuzatilmoqda. Mana shu holatlar yuzasidan “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari v.b. Bahodir Vahobov 8-oktabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lumot berdi.


Bahodir Vahobov

Foto: UzReport

“Albatta, har narsaning vaqti o‘tganidan so‘ng ta’mirlash ishlari bo‘ladi. Bizda ayrim hududlarda uzilishlar bo‘ldi. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarilgan zavodlar har oyda profilaktika ishlarini olib boradi. Ya’ni yangi texnologiyalarni joylashtirish, liniyalarni ochish kabi holatlarda uzilishlar bo‘lib o‘tdi. Hozirgi kunda bunday uzilishlarni bartaraf qilganmiz. Suyultirilgan gazni aholi xonadonlariga tez va sifatli yetkazilishi uchun plastik karta, ya’ni ID kartalarni qo‘llayapmiz. Bunda gazning iste’molchiga yetib borgunicha bo‘lgan vaziyat nazoratda turadi. Suyultirilgan gazni yetkazib beruvchi texnik mashinalar qachon qaysi ko‘chani gaz bilan ta’minlab kelayotganligini hamma-hammasini onlayn ravishda ko‘rib turamiz”, – dedi Bahodir Vahobov.

Ma’lumot uchun, tabiiy gaz yetib bormagan joylarda suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish muddati bir oyni tashkil qiladi. Agarda ishlab chiqaruvchi zavodda qandaydir kamchiliklar bo‘ladigan bo‘lsa, bu muddat cho‘zilishi mumkin.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR


Report Page