Volgograddagi 900 dan ko‘proq o‘zbekistonlik poyezdda vatanga jo‘natildi

Volgograddagi 900 dan ko‘proq o‘zbekistonlik poyezdda vatanga jo‘natildi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Rossiyaning Volgograd viloyatida joylashgan Voljskiy shahridan 900 dan ko‘proq o‘zbekistonlik poyezdda vatanga jo‘natildi. Bu haqda Volgabo‘yi temir yo‘liga tayanib ma’lum qildindi

Volgabo‘yi temir yo‘li vakilining ma’lum qilishicha, 8-oktabr mahalliy vaqt bilan soat 21:57 da (Toshkent vaqti bilan soat 22:57 da) Voljskiy–Toshkent poyezdi bilan 938 o‘zbekistonlik vatanga jo‘natilgan.


Uning ta’kidlashicha, bu poyezd O‘zbekiston fuqarolarini ushbu hududdan olib chiqishga mo‘ljallangan 5-maxsus poyezddir. Voljskiydan hammasi bo‘lib O‘zbekistonga 4,5 ming kishi jo‘nagan. Shuningdek, “RJD” qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga jo‘natish bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlar belgilash masalasini ko‘rib chiqmoqda.


“Hozirda Voljskiydagi musulmon madaniy-oqartuv markazida O‘zbekistonning 450 fuqarosi qolmoqda. Ular yegulik, yotoq bilan ta’minlangan. Hukumat, xayriya tashkilotlari hamda shunchaki befarq bo‘lmagan odamlar yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda yordam bermoqda”, – deb ma’lum qilgan Volgograd viloyati musulmonlar markaziy diniy boshqarmasi muftiysi Abdulla Hoji.


Avvalroq Samaradan yana 940 nafardan ziyod o‘zbekistonlik poyezdda vatanga qaytgani ma’lum qilingandi.

✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page