...

...

🌐 OLTIARIQ TV

Uzbekistan Airways qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar o‘rnatdi

Uzbekistan Airways ijtimoiy masofaga amal qilish, o‘rindiqqa joylashish vaqtini qisqartirish, shuningdek, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari o‘rtasidagi ortiqcha muloqotni cheklash maqsadida qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar o‘rnatdi.

Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.Endilikda, samolyot saloniga faqatgina parvoz vaqtida zarur bo‘ladigan ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, bolalar ashyolari solingan sumkani olib kirish mumkin. Boshqa narsalar esa qatnovga ro‘yxatdan o‘tilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi lozim.


“Foydalanilmaydigan qo‘l yuki bepul tashish mumkin bo‘lgan bagajga qo‘shiladi. Ya’ni belgilangan 8 kilogramm qo‘l yukidan faqatgina 2 kilogrammni salonga olib kirish mumkin. Qolgan 6 kilogramm esa bagaj uchun ruxsat berilgan yuk miqdoriga bepul qo‘shiladi”, — deya aniqlik kiritgan kompaniya.

✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR


Report Page