Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz deb topilgan 200 kg go‘sht yo‘q qilindi

Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz deb topilgan 200 kg go‘sht yo‘q qilindi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Qashqadaryo viloyatida Toshkent tomon harakatlanib kelayotgan avtomobil yukxonasida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda IIV.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati IIB Post patrul xizmati va JTSB Karantin bo‘linmasi safdor-xodimi N.Shodmonov veterinariya bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda 5-oktabrdan 6-oktabrga o‘tar kechasi soat 1:00 larda Qashqadaryo–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Qarshi shahrida yashovchi N.Samadov boshqaruvidagi Espero avtomashinani to‘xtatgan.


Avtomobil yukxonasi ko‘zdan kechirilganda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, veterinariya hujjatlariga ega bo‘lmagan, bir necha qora sellofan paketlarga o‘ralgan jami 200 kilogramm hayvon go‘shti borligi aniqlangan.


Ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqliligini tekshirish maqsadida Chiroqchi tuman veterinariya laboratoriya ekspertizasiga topshirilib, ushbu go‘sht mahsulotlari laboratoriya tomonidan iste’molga yaroqsiz deb topilgach tegishli tartibda yo‘q qilindi.


Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page